Toyota Tacoma AQShda mexanik uzatmali yagona pikap bo‘lib qolmoqda

2026-yilda AQSh avtomobil bozorida mexanik uzatmalar qutisi bilan sotilayotgan yagona yangi pikap — Toyota Tacoma bo‘lib qolmoqda. Yagona raqobatchi Jeep Gladiator 2024-yil oxirida ushbu modifikatsiyadan butunlay voz kechgan edi.

Toyota Tacoma modelining mexanik uzatmali versiyasi faqat uchta modifikatsiyada taklif etilmoqda. Ular to‘rt g‘ildirakli tortish (4WD) tizimi, Double Cab kabinasi va 5 futlik yuk xonasi bilan cheklangan. Eng arzon SR modifikatsiyasining narxi soliqlar bilan $38,6 mingni tashkil etadi.

Mexanik qutiga ega avtomobillar 270 ot kuchiga ega i-Force dvigateli bilan jihozlangan. Pikapning tirkama tortish quvvati 6,4 ming funtga teng bo‘lib, u avtomat qutili modellar bilan raqobatlasha oladi. Yoqilg‘i sarfi aralash rejimda 100 kilometr masofaga o‘rtacha 11.8 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Jeep Gladiator yana mexanik uzatmalar qutisiga qaytishi haqida xabar bergan edi.