Toshkent viloyatida inspektor 20 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda
Toshkent viloyatida inspektor 20 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi
Foto: DXX

Toshkent viloyatida mineral o‘g‘itlarni bojxona orqali o‘tkazib berish evaziga 20 mln so‘m pora talab qilgan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining viloyat boshqarmasi inspektori qo‘lga olindi.

U Toshkent shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli mineral o‘g‘itlarni bojxona orqali o‘tkazib berish evaziga pul talab qilgan.

Gap 7 turdagi, jami 187 dona qadoqdagi mahsulot haqida bormoqda. Inspektor ushbu yukni «Navoiy» chegara bojxona posti orqali o‘tkazib berish uchun 20 mln so‘m so‘ragan.

Mazkur noqonuniy holat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasining shaxsiy xavfsizlik bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan.

Inspektor so‘ralgan pulni Toshkent shahrining Olmazor tumani hududida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda 2,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dorilar aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek