Tibbiy mahsulotlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Tibbiy mahsulotlarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Foto: Departament

Qoraqalpog‘istonda dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi aniqlanib, yirik hajmdagi mahsulotlar musodara qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofazalovchi organlar o‘tkazgan tekshiruvda «A.F.» MChJ mansabdor shaxslari qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Kompaniyaning dori savdosi bilan shug‘ullanish uchun litsenziyasi sud tomonidan bekor qilinganiga qaramay, faoliyat davom ettirilgan.

Tekshiruv davomida davlat reyestrida qayd etilmagan, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar savdoga qo‘yilgani aniqlangan. Gap umumiy qiymati 279 mln so‘mlik 869 turdagi dori vositalari, 16 turdagi tibbiy buyumlar va 162 turdagi biologik faol qo‘shimchalar haqida bormoqda.

Mazkur mahsulotlar ashyo dalil sifatida olib qo‘yildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3 va 190-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent viloyatida inspektor 20 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushgani haqida yozgan edi.

Shuningdek