Osh bilan yeyilmasligi kerak bo‘lgan taom ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Ayniqsa oshqozon yoki hazm tizimi bilan bog‘liq muammolari bor insonlar ovqatlanishda ehtiyot bo‘lishi kerak
Palov bilan yeyilmasligi kerak bo‘lgan taom ma’lum qilindi
Foto: Pexels

Rossiyalik shifokor Tatyana Vasilyeva turistlarni Markaziy Osiyoda palov iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Uning aytishicha, an’anaviy tarzda palov achchiq-chuchuk salati, non va ko‘k choy bilan iste’mol qilinadi. Mutaxassis palov tarkibida yog‘ miqdori yuqori ekanini tushuntirdi. Unga qo‘shimcha ravishda mayonezli salatlar iste’mol qilish oshqozonosti bezi va jigar uchun ortiqcha yuklama keltirib chiqaradi.

Shifokor, shuningdek, turistlarga o‘z sog‘lig‘ini hisobga olishni tavsiya qilgan. Uning fikricha, ayniqsa, oshqozon yoki hazm tizimi bilan bog‘liq muammolari bor insonlar ovqatlanishda ehtiyot bo‘lishi kerak.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda palovning odatiy porsiyasi 250–400 grammni tashkil etadi. Uning narxi odatda 40-50 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Ko‘pincha palov an’anaga ko‘ra, kunning birinchi yarmida tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 kilogramm palov tayyorlash qancha turishi haqida yozgan edi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, palov tannarxi hududlarga qarab farq qilmoqda. Eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilib, u yerda 1 kg palov tayyorlash taxminan 99 ming so‘mni tashkil qiladi. Eng yuqori qiymat esa Toshkent shahrida kuzatilib, 112 ming so‘mga yetgan.

Shuningdek, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida ham palov tayyorlash nisbatan qimmatroq bo‘lsa, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida bu ko‘rsatkich pastroq darajada shakllangan. Xorazm viloyatida esa o‘rtacha 109 ming so‘m atrofida baholangan.

Shuningdek