AQSh Eron portlarini qamal qilishni boshladi, Tehron javob zarbasi bilan tahdid qilmoqda

13-aprel kuni AQSh harbiylari Eron portlarini qamal qilishni boshladi, Tehron esa bunga javoban Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilarining portlariga zarba berish bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Tomonlar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan bir paytda, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif mojaroni hal qilish harakatlari davom etayotganini bildirdi. Biroq Hormuz bo‘g‘ozining tez orada ochilishiga ishoralar yo‘qligi sababli neft narxi bir barrel uchun $100 dan oshib ketdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron kelishuvga erishmoqchi ekanligini, ammo Tehronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga ruxsat bermasligini ta’kidladi.
«Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi. Biz biror mamlakatning butun dunyoni shantaj qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — dedi Tramp.
Eron Hormuz bo‘g‘ozini xorijiy kemalar uchun yopib qo‘ygan va u yerdan o‘tish faqat to‘lov evaziga amalga oshirilishini e’lon qilgan edi. Eron Mudofaa vazirligi vakili brigada generali xorijiy harbiylarning bo‘g‘ozdagi harakatlari global energiya xavfsizligida beqarorlikni kuchaytirishidan ogohlantirdi.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi NATO ittifoqchilari mojaroga tortilmaslik uchun qamalga qo‘shilmasligini ma’lum qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp Rim papasini keskin tanqid qilgani haqida xabar bergan edi.