Turkiyaning Siverek shahridagi maktabda otishma yuz berdi: jarohatlanganlar bor

eʼlon qilindi
Qurollangan shaxs o‘quvchilarni garovga oldi
Foto: x.com

Turkiyaning sharqidagi Siverek shahridagi Onado‘li kasb-hunar va texnika maktabida qurolli hujum sodir etildi. Hujumchi o‘quvchilarni garovga olgani va hodisa oqibatida kamida 18 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, hujumchi dastlab maktab hovlisida, so‘ngra bino ichida o‘t ochgan. Gumondorning taxminan 17–18 yoshdagi o‘smir ekani va u uzun stvolli qurol bilan qurollangani taxmin qilinmoqda.

Hodisa yuz bergan hududga politsiya hamda shoshilinch tibbiy yordam xodimlari yo‘naltirilgan. Maktabdagi o‘quvchilarning aksariyati bino ichidan xavfsiz tarzda evakuatsiya qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShdagi otishma natijasida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek