O‘zbekistonda madaniy boyliklar uchun rasmiy baholash standarti joriy etildi

eʼlon qilindi
Baholash jarayonida qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlaridan foydalaniladi
Foto: UzReportNews

Endilikda madaniy boyliklar — tasviriy va amaliy san’at asarlari hamda tarixiy ahamiyatga ega obyektlarning qiymati rasmiy tartibda baholanadi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan Yagona milliy baholash standartiga qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi tartibga muvofiq, milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-ma’rifiy hamda ma’naviy-axloqiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘chma madaniy boyliklar, jumladan, tasviriy va amaliy san’at asarlarining qiymati rasmiy ravishda baholanadi.

Baholash jarayonida qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlaridan foydalaniladi. Bunda asosiy shartlardan biri sifatida obyektning madaniy boylik ekanini tasdiqlovchi san’atshunos ekspert xulosasi talab etiladi.

Mazkur standart madaniy boyliklarni fuqarolik muomalasiga kiritish, ya’ni ularni sotish, xarid qilish, garovga qo‘yish va sug‘urtalash kabi jarayonlarda huquqiy va moliyaviy asos yaratadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kirgani haqida yozgandi.

Shuningdek