2026-yilning dastlabki uch oyida 86,8 ming fuqaroga 116,2 mlrd so‘m bir martalik ijtimoiy to‘lovlar berildi — IMHA

eʼlon qilindi
2025-yilning shu davridagi natijalardan (25,8 mingta) ancha yuqori
Foto: Depositphotos

Ijtimoiy himoya milliy agentligining (IHMA) ma’lum qilishicha, 2026-yilning dastlabki uch oyida 86,8 ming fuqaroga 116,2 mlrd so‘m bir martalik ijtimoiy to‘lovlar berilgan. Jumladan, 47 784 nafar fuqaroga 42,7 mlrd so‘m suyunchi puli ajratilgan.

86,8 minglik ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagi natijalardan (25,8 mingta) ancha yuqori. 2025-yilda yanvar oyida 9,6 mingta, fevralda 8,7 mingta, martda esa 7,4 mingta ijtimoiy to‘lov tayinlangan.

Shuningdek, 39 024 nafar fuqaroga 73,5 mlrd so‘m miqdorida dafn nafaqasi to‘lab berilgan. Bu to‘lovlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Suyunchi puli asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun ajratilgan. Birinchi farzand uchun 42 248 nafar ayol ushbu to‘lovni olgan. Ikkinchi farzand uchun esa ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi 5 506 nafar ayolga mablag‘ berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yil boshidan 33,3 ming ayolga 378,6 mlrd so‘m homiladorlik nafaqasi to‘langani haqida yozgan edi.

Shuningdek