Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida muddatidan avval chempion bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bu orqali u jahon toji uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi
Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida muddatidan avval chempion bo‘ldi / Foto: Sports

O‘zbekistonlik yosh grossmeyster Javohir Sindarov Kiprning Peyya shaharchasida o‘tkazilayotgan, mukofot jamg‘armasi 1 mln yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

13-turda u asosiy raqiblaridan biri — niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi va ochkolari sonini 9,5 taga yetkazdi. Ushbu natija unga muddatidan oldin chempionlikni naqd qilish imkonini berdi.

Shu tariqa, so‘nggi tur natijalaridan qat’i nazar, boshqa ishtirokchilar Sindarovni ortda qoldira olmaydigan holat yuzaga keldi va vatandoshimiz turnir g‘olibiga aylandi.

Mazkur g‘alaba orqali Javohir Sindarov jahon chempionligi uchun da’vogarlar turniridagi muvaffaqiyatini ta’minlab, amaldagi jahon chempioni hindistonlik Dommaraju Gukesh bilan jahon toji uchun o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Nomzodlar turnirining 12-turida Javohir Sindarov dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamura bilan durang natija qayd etgan edi.

Shuningdek