Yangi MG4 avtomobili taqdim etildi

15-aprel 2026 10:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi MG4 avtomobili taqdim etildi
Foto: MG

SAIC kompaniyasi 2026-yilgi MG4 modelini rasman namoyish qildi. CarNewsChina nashrining qayd etishicha, avtomobil Pekin avtosalonida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Yangi model brend dizaynini saqlab qolgan, ammo yangilangan tashqi ko‘rinishga ega. Old qismida ingichka faralar va qora bamper qo‘llanilgan. Yon tomonda floating roof uslubi va yangi 17 dyuymli disklar mavjud. Salon qismi ham sezilarli yangilangan. Avtomobil 8,8 dyuymli raqamli panel va 15,6 dyuymli 2.5K displey bilan jihozlangan. Ichki makonda yangi ranglar va ambient yoritish tizimi qo‘llanilgan.

Foto: MG

Modelda Doubao 3.0 sun’iy intellekti joriy etilgan. Haydovchi va yo‘lovchilar ovoz orqali avtomobil funksiyalarini boshqara oladi. Tizim bir vaqtning o‘zida bir nechta buyruqlarni qabul qiladi. Qulaylik uchun old o‘rindiqlarda massaj, isitish va ventilyatsiya funksiyalari mavjud. Old yo‘lovchi o‘rindig‘ida oyoq tayanchi ham bor.

MG4 L2+ darajadagi haydovchiga yordam tizimi bilan jihozlangan. U avtomatik quvib o‘tish, yo‘lakni ushlab turish va avtopilot funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Model ikki xil variantda taklif etiladi. Elektromotor quvvati 120 kVtni tashkil qiladi. Batareya sig‘imiga qarab avtomobil 437 km yoki 530 km masofani bosib o‘ta oladi.

Foto: MG

Shuningdek, yangi suyuq-qattiq holatli batareya versiyasi ham bor. U 510 km yurish zaxirasini taqdim etadi. Avtomobil 3C tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 30 foizdan 80 foizgacha zaryad olish uchun 18 daqiqa yetarli.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri MG kompaniyasi yangi elektromobilini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek