Li Auto va Nissan o‘rtasida mojaro: sabab, tafsilotlar

15-aprel 2026 12:57 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Li Auto va Nissan o‘rtasida mojaro: SUV bozori keskinlashdi
Foto: CarNewsChina

Xitoy bozorida Li Auto va Nissan o‘rtasidagi raqobat ochiq mojaro bosqichiga o‘tdi. Bahs yangi Nissan NX8 modeli taqdimotidan so‘ng kuchaydi.

Li Auto kompaniyasi 11-aprel kuni o‘z mahsulotlariga qarshi uyushtirilgan qora PR olib borilganini ma’lum qildi. Kompaniyaga ko‘ra, qisqa vaqt ichida bir xil mazmundagi ko‘plab postlar tarqalgan va ular bitta hududdagi IP manzillardan joylashtirilgan.

Mojaroga NX8 taqdimoti sabab bo‘lgan. Taqdimot vaqtida model Li Auto i6 bilan solishtirilgan. Keyinchalik internetda ushbu ikki modelni taqqoslovchi materiallar ko‘payib, ko‘pincha NX8 foydasiga talqin qilingan.

Foto: CarNewsChina

Nissan vakillari ayblovlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi. Kompaniya halol raqobat tarafdori ekanini bildirgan. Raqamlar ham raqobat keskinlashganini ko‘rsatmoqda. Li Auto 2025-yilda 406,3 ming avtomobil yetkazib berdi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 18,8 foiz kam. Bunga bozordagi raqobat va ichki o‘zgarishlar sabab bo‘lgan.

Nissan esa 2025-yilda 601 ming dona avtomobil sotgan. Ammo 2026-yilning dastlabki oylarida savdo 30 foizdan ortiq pasaydi. Bu fonida yangi NX8 modeli bilan bozorni qayta egallashga urinish kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nissan Leaf avtomobili 5 yilda qancha qiymat yo‘qotishi haqida yozgan edi.

Shuningdek