O‘zbekistonda tonirovka uchun ruxsatnoma olish narxlari qanday

15-aprel 2026 14:34 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
O‘zbekistonda tonirovka uchun ruxsatnoma olish narxlari qanday
O‘zbekistonda tonirovka uchun ruxsatnoma olish narxlari qanday / Foto: Getty Images

O‘zbekistonning quyoshli iqlimi boshlanish arafasida avtomobil egalari uchun tonirovka zaruratga ayladi. Yoz oylarida mashina saloni juda tez qiziydi, rul va panel esa qo‘lni kuydiradigan darajaga yetadi. Shu sababli tonirovka faqat estetik emas, balki amaliy yechim ham hisoblanadi.

Kursiv Uzbekistan mavsum oldidan respublikada tonirovka uchun ruxsatnoma olish narxlari qanday ekani haqida ma’lumotlarni keltirib o‘tadi.

Qaysi oynalarni bepul qoraytirish mumkin

Amaldagi tartibga ko‘ra, orqa oynalar (orqa va orqa yon oynalar)ni bepul tonirovka qilish mumkin. Hech qanday ruxsatnoma talab qilinmaydi va qorayish darajasi amalda cheklanmagan.

Foto: Getty Images

Bu avtomobil egalariga eng katta yengillik hisoblanadi, chunki ko‘pchilik aynan orqa qismni quyoshdan himoya qilishni xohlaydi.

Qachon ruxsatnoma shart

Old oynalar va old yon oynalar bilan vaziyat boshqacha, ya’ni old oynalarni tonirovka qilish uchun ruxsatnoma majburiy bo‘lib, 1 yilga beriladi. Narxi bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari (3,296 mln so‘m)ni tashkil etadi.

Shuningdek, my.gov.uz orqali topshirilsa chegirma bilan BHMning 7,2 baravari (2,966 mln so‘m) to‘lanadi.

Bundan tashqari, avtobus, mikroavtobus, uchinchi sinf avtotransportlari uchun (my.gov.uz orqali) 14 mln 832 ming so‘m (36 BHM), O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun esa deyarli 5,2 mln so‘m (12.6 BHM)ni tashkil etadi.

Ruxsatnoma elektron shaklda beriladi va unda QR-kod bo‘ladi. Yo‘l harakati inspektorlari aynan shu kod orqali tekshiradi.

Nimalar taqiqlangan

Qonunga ko‘ra, old oynani butunlay qora qilish (nol ko‘rinish) qat’iyan taqiqlangan. Yorug‘lik o‘tkazuvchanligi juda past bo‘lgan plyonkalar esa noqonuniy hisoblanadi. Zavoddan allaqachon qoraytirilgan oynaga qo‘shimcha plyonka me’yorni buzishi mumkin.

Yorug‘lik o‘tkazish me’yori

tonirovka
Foto: pkfst.ru

Old oynalarda kamida 70% yorug‘lik o‘tkazishi kerak. Ya’ni oynani juda qoraytirish emas, balki muvozanatni saqlash muhim.

Atermal plyonka — eng aqlli variant

So‘nggi yillarda ko‘p haydovchilar oddiy qora plyonka o‘rniga atermal plyonkani tanlamoqda.

tonirovka
Foto: AMGlass

Uning afzalliklari:

  • quyosh issiqligini kamaytiradi;
  • deyarli shaffof ko‘rinadi;
  • ultirabinafsha nurlardan himoya qiladi;
  • salonni salqinroq saqlaydi.

Agar yorug‘lik o‘tkazish me’yoriga amal qilinsa, bu variant qonuniy talabga ham mos keladi.

Narxlar (o‘rtacha bozor)

Tonirovka narxi bir necha omillarga bog‘liq: plyonka sifati, marka va usta tajribasi.

Orqa qism:

  • Oddiy variant: 1,4 – 2,5 mln so‘m;
  • Premium: 2,5 – 3 mln so‘m.

Old oynalar:

  • 700 ming – 1,8 mln so‘m oralig‘i.

Atermal variant:

  • 1 – 3 mln so‘m atrofida.

Ma’lumot uchun, narxlar hudud va ustalarga qarab farqlanishi mumkin, yuqoridagi summalar marketpleyslar va Olx orqali jamlandi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Qirg‘iziston O‘zbekistondan sug‘urta va «tonirovka» to‘lovlarini bekor qilishni so‘ragani haqida yozgandi.

Shuningdek