«Xalqlar do‘stligi» saroyi hududidagi noqonuniy reklama bannerlari olib tashlandi

eʼlon qilindi
Mas’ul shaxslarga nisbatan esa tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ogohlantirish berilgan
«Xalqlar do‘stligi» saroyida noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Foto: Afisha.uz

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi «Xalqlar do‘stligi» saroyi hududida noqonuniy reklama bannerlari aniqlanib, olib tashlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.

Monitoring ishlari davomida mutaxassislar ushbu madaniy meros obyektida bannerlar hech qanday ruxsatsiz o‘rnatilganini aniqlagan. Holat Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 649-son qarori asosida tekshirildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, madaniy meros obyektlarida tashqi reklama joylashtirish taqiqlanadi. Xususan, «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 26-moddasida bu boradagi aniq talablar belgilangan.

Foto: Madaniy meros agentligi

Aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan barcha noqonuniy bannerlar olib tashlandi. Mas’ul shaxslarga nisbatan esa tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ogohlantirish berildi.

Qayd etilishicha, madaniy meros obyektlariga hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 64¹-moddasi bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri raqobat qo‘mitasi 6 ta qurilish kompaniyasiga jarima qo‘llagani haqida yozgan edi.

Shuningdek