Mag‘lubiyatsiz chempion: Sindorov Nomzodlar turnirini tarixiy natija bilan yakunladi

eʼlon qilindi
Rekord natija ham qayd etildi
Javohir Sindorov Nomzodlar turnirini mag‘lubiyatsiz yakunladi / Foto: Olamsport

Kiprning Peyya shaharchasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, muhim natijaga erishdi.

Turnirning 14-turida Sindarov Xitoy vakili Vey Yi bilan oq donalarda tezkor durang qayd etdi. 32-yurishdan so‘ng to‘xtatilgan ushbu partiya natijasiga ko‘ra, u turnirni oldindan muddatidan avval g‘olib sifatida yakunlab, jahon chempioni unvoni uchun o‘tkaziladigan matchda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

13-turda u asosiy raqiblaridan biri, niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynab, ochkolari sonini 9,5 taga yetkazgan edi. Ushbu natija unga muddatidan oldin chempionlikni naqd qilish imkonini berdi.

Foto: YouTube

Musobaqa davomida Javohir Sindarov 6 g‘alaba va 8 durang qayd etib, 14 turdan iborat turnir o‘tkazdi. Shuningdek, u FIDE Nomzodlar turniri tarixida 10 ochkodan yuqori natija qayd etgan ilk shaxmatchilardan biri sifatida tilga olinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hamyurtimizning mag‘lubiyatsiz seriyasi umumiy hisobda 50 partiyadan oshgan. U amaldagi Jahon kubogi sohibi sifatida ushbu turnirda ishtirok etgan edi.

Ushbu g‘alaba orqali Sindorov amaldagi jahon chempioni hindistonlik Dommaraju Gukesh bilan jahon toji uchun dona surish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Javohir Sindorov chempionlik ortidan qancha mablag‘ ishlab topishi haqida yozgan edik.

Shuningdek