Jahon banki urushdan zarar ko‘rgan davlatlarga $100 milliardgacha mablag‘ ajratadi

eʼlon qilindi
Kelgusi 15 oy ichida
jahon banki
Jahon banki urushdan zarar ko‘rgan davlatlarga $100 milliardgacha mablag‘ ajratadi / Foto: World Bank

Yaqin Sharqdagi urush oqibatlarini yumshatish maqsadida Jahon banki yirik moliyaviy yordam paketini safarbar etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Jahon banki prezidenti Ajay Banga ma’lum qilishicha, kelgusi 15 oy ichida urushdan jiddiy zarar ko‘rgan mamlakatlar uchun $80 mlrddan $100 mlrdgacha mablag‘ ajratilishi mumkin. Bu ko‘rsatkich COVID-19 pandemiyasi davrida taqdim etilgan $70 mlrdlik yordamdan yuqori hisoblanadi.

Yaqin oylar ichida $20 – $25 mlrd inqirozga tezkor javob mexanizmi orqali ajratiladi. Ushbu tizim mamlakatlarga avval tasdiqlangan dasturlar doirasidagi mablag‘larning 10 foizigacha qismini muddatidan oldin olish imkonini beradi. Yana $30 – $40 mlrd esa taxminan olti oy ichida mavjud dasturlarni qayta yo‘naltirish hisobiga shakllantiriladi.

Qayd etilishicha, urush global iqtisodiy o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va inflyatsiyani kuchaytirmoqda. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar bu jarayondan ko‘proq zarar ko‘rishi kutilmoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham energiya narxlarining keskin oshishi sabab global o‘sish prognozini pasaytirdi. Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, agar mojaro sodir bo‘lmaganida, jahon iqtisodiy o‘sishi prognozi 3,4 foizgacha oshirilishi mumkin edi.

Shuningdek, urush davom etadigan bo‘lsa, Jahon banki qo‘shimcha mablag‘ topish uchun o‘z resurslaridan foydalanishi mumkin. Mutaxassislar esa energiya narxlarining oshishini yumshatish uchun keng ko‘lamli subsidiyalar emas, balki aniq yo‘naltirilgan va vaqtinchalik choralarni qo‘llash zarurligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh blokadasiga qaramay, Hormuz bo‘g‘ozida harakat deyarli o‘zgarmagani haqida yozgan edik.

Shuningdek