Google macOS uchun Gemini ilovasini chiqardi

16-aprel 2026 13:31 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Google Gemini
Foto: Depositphotos

Google kompaniyasi Mac kompyuterlari uchun sun’iy intellekt asosidagi Gemini ilovasining to‘liq versiyasini taqdim etdi. Bu haqda Google’ning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Yangi dastur macOS tizimida bevosita ishlaydi va foydalanuvchiga ish jarayonida yordam beradigan aqlli yordamchi sifatida xizmat qiladi.

Ilovaning asosiy qulayligi shundaki, u klaviaturadagi Option + Space tugmalari orqali istalgan dastur ustida tezda chaqiriladi. Bu orqali foydalanuvchi boshqa ilovadan chiqmasdan turib sun’iy intellekt bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi.

Gemini ekrandagi faol oynani tahlil qila oladi yoki kompyuterdagi fayllarni ko‘rishi mumkin. Masalan, Excel jadvali yoki hujjat ochilgan bo‘lsa, tizim uni avtomatik tarzda tahlil qilib, qisqa xulosa tayyorlab beradi.

Shuningdek, ilova ichida Nano Banana orqali rasm yaratish va Veo yordamida videolar generatsiya qilish imkoniyati ham mavjud.

Dastur Google rasmiy sayti orqali bepul yuklab olinadi, biroq undan foydalanish uchun macOS 15 yoki undan yangi versiya talab etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple Gemini’dan foydalanish imkonini kengaytirishi haqida yozgandi.

Shuningdek