Qashqadaryoda retseptsiz kuchli dori savdosi fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Qashqadaryoda retseptsiz kuchli dori savdosi fosh etildi
Foto: Departament

Qashqadaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy savdosi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Shahrisabz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «K.P.» MChJ mas’ul shaxslari qonunga xilof ravishda dori sotgani ma’lum bo‘ldi. Ular Shahrisabz shahridagi «Yangi Kesh» bozori hududida joylashgan dorixonada inson ruhiyatiga ta’sir qiluvchi dorilarni savdoga qo‘ygan.

Tadbir davomida dorixonadan 100 dona «Benzonal» hamda boshqa dori vositalari olindi. Ularning umumiy qiymati 26,8 mln so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, Nishon tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlandi. «K.Y.» xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi Yu.K. fuqaro B.X.ga 110 dona «Benzonal»ni retseptsiz sotgan.

Har ikki holatda ham dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Farg‘onada 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek