18 – 19-aprel kunlari Yerda magnit bo‘roni kutilmoqda

eʼlon qilindi
Bu holat Quyoshdagi koronal teshik ta’siri bilan bog‘liq
18–19-aprel kunlari Yerda magnit bo‘roni kutilmoqda
18–19-aprel kunlari Yerda magnit bo‘roni kutilmoqda / Foto: Getty Images

18 – 19-aprel kunlari Yerda magnit bo‘roni yuzaga kelishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Unga ko‘ra, bu holat Quyoshdagi koronal teshik (koronal teshik – Quyosh yuzasidagi past zichlikdagi hudud) ta’siri bilan bog‘liq.

Olimlar ma’lumoti berishicha, yaqin kunlarda aynan shu hodisa sabab geomagnit faollik kuchayadi. Bu esa bir tomondan qutb yog‘dularini kuzatish imkoniyatini oshirsa, boshqa tomondan ayrim odamlarda salomatlik bilan bog‘liq noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bilan birga, mutaxassislar hozirgi davrni umumiy hisobda kosmik tinchlik davri sifatida baholamoqda. Ya’ni yirik quyosh portlashlari yoki kuchli kosmik hodisalar hozircha kuzatilmayapti.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-aprel kuni magnit bo‘roni kuzatiladimi yo‘qmi shu haqida yozgandi.

Shuningdek