Rolls-Royce yangi ikki o‘rinli elektromobilini taqdim qildi

16-aprel 2026 17:20 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Rolls-Royce yangi ikki o‘rinli elektromobilini taqdim etdi
Rolls-Royce yangi ikki o‘rinli elektromobilini taqdim etdi / Foto: BBC

Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rolls-Royce Motor Cars yangi ikki o‘rinli elektr kabriolet modelini namoyish qildi. Project Nightingale deb nomlangan ushbu avtomobil cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, modeldan atigi 100 dona yig‘iladi va ularning barchasi Goodwooddagi bosh qarorgohda qo‘lda tayyorlanadi. Xaridorlarga yetkazib berish esa 2028-yildan boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangi model to‘liq elektr bo‘lgani sababli deyarli shovqinsiz harakatlanadi. Ishlab chiqaruvchilar bu avtomobilni eng sokin va hashamatli ochiq tomli haydash tajribasi sifatida ta’riflamoqda.

Rolls-Royce yangi ikki o‘rinli elektromobilini taqdim etdi / Foto: BBC

Dizayn jihatidan avtomobil 1920-yillardagi eksperimental EX seriyasi va Art Deco uslubidan ilhomlangan. Uzun kapot va torpedo shaklidagi kuzov unga o‘ziga xos retro-futuristik ko‘rinish beradi. Uzunligi qariyb 5,76 metr bo‘lib, bu uni kompaniyaning flagman modeli – Rolls-Royce Phantom bilan deyarli tenglashtiradi.

Kompaniya rahbari Chris Brownridgening aytishicha, loyiha eng talabchan mijozlar uchun yaratilgan bo‘lib, unda uchta noyob jihat uyg‘unlashgan: to‘liq dizayn erkinligi, deyarli jim ishlaydigan elektr tizim va maksimal darajadagi hashamat.

Narxi rasman e’lon qilinmagan, biroq ushbu model $600 mingdan bir necha million dollargacha bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Rolls-Royce Cullinan auksionga qo‘yilgani haqida yozgandi.

Shuningdek