O‘zbekistonliklar Germaniyada qurilish va sanoat sohalarida ish o‘rinlariga taklif qilinmoqda — oylik 2,6 ming dollar

eʼlon qilindi
Nomzodlar uchun yana bir muhim imkoniyat — nemis tili bepul o‘rgatiladi
O‘zbekistonliklar Germaniyada qurilish va sanoat sohalarida ish o‘rinlari taklif qilinmoqda
O‘zbekistonliklar Germaniyada qurilish va sanoat sohalarida ish o‘rinlari taklif qilinmoqda / Foto: TuronWorld

O‘zbekistonlik fuqarolar uchun Germaniyada turli texnik va qurilish yo‘nalishlarida ishga jalb etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ish beruvchi Germaniyada faoliyat yurituvchi Atrium kompaniyasi bo‘lib, nomzodlar bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Taklif etilayotgan oylik maosh $2 250 – 2,6 ming atrofida bo‘lib, bu summa xodim qo‘liga tegadigan daromad sifatida ko‘rsatilgan.

Dastur doirasida yer osti qurilish ishlari, texnika boshqaruvi, payvandlash, mexanika, elektrotexnika, logistika hamda sanoat montaji kabi ko‘plab yo‘nalishlarda mutaxassislar qabul qilinadi. Ishga qabul qilinadigan nomzodlar kamida 2 yillik texnik ma’lumotga yoki so‘nggi 5 yil ichida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Yosh chegarasi 18 dan 39 yoshgacha etib belgilangan.

Nomzodlar uchun yana bir muhim imkoniyat — nemis tili bepul o‘rgatiladi. Tayyorlov jarayonidan so‘ng ishga jo‘nab ketish muddati o‘rtacha 10–12 oyni tashkil etadi. Ishga joylashish barcha rasmiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘rta tibbiyot xodimlari Germaniyadagi klinikalarga 2650 dollarlik ishga taklif qilinayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek