Xorazmda salkam 9 kg «opiy» giyohvandlik vositasi musodara qilindi

eʼlon qilindi
Har ikkala holatda ham narkotiklar Afg‘onistondan olib kelingan
Xorazmda salkam 9 kg «opiy» giyohvandlik vositasi musodara qilindi / Foto: DXX

Xorazm viloyatida qariyb 9 kg «Opiy» giyohvandlik moddasining savdosi bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Birinchi holatda, Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, ilgari giyohvandlik vositalari savdosi uchun sudlangan shaxs Urganch tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Uning yonidan 4,4 kgdan ziyod «opiy» moddasi topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Foto: DXX

Ikkinchi holatda esa «Berlniy – Urganch» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lasetti» avtomobili Urganch tumanidagi «Cholish» yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, avtomashinada bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan, ilgari narkojinoyat uchun sudlangan shaxsga tegishli 4,5 kgdan ziyod «opiy» moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: DXX

Ma’lumot uchun, har ikki holatda ham gumonlanuvchilar ushbu moddalarni Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, Xorazm viloyatida sotishni rejalashtirgan. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida yirik miqdorda sintetik narkotiklar qo‘lga olingan edi.

Shuningdek