Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Jizzax viloyatida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzacho‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalangan. U tuman markazidagi umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida aniqlangan yong‘in xavfsizligi kamchiliklari bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Mansabdor ushbu hujjatni yopib qo‘ymaslik va ishni sudga yubormaslik evaziga 3 mln so‘m talab qilgan. DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xorazmda salkam 9 kg «opiy» giyohvandlik vositasi musodara qilingani haqida yozgan edi.