Sud Tramp tashabbusi bilan qurilayotgan Oq uy bal zali qurilishini to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Da’vo Milliy tarixiy merosni saqlash jamg‘armasi tomonidan kiritilgan
Sud Trampning Oq uy bal zali qurilishini to‘xtatdi
Foto: Getty images

AQShda sud Donald Tramp tashabbusi bilan qurilayotgan Oq uy bal zali loyihasining yer usti qismini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Federal sudya Richard Leon qarorida bu loyiha Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, Tramp bal zal qurilishini milliy xavfsizlik loyihasi sifatida qayta tasniflab, sud qarorlarini chetlab o‘tishga uringan.

AQSh Adliya vazirligi ushbu qaror ustidan shikoyat kiritgani ma’lum bo‘ldi. Tramp esa ijtimoiy tarmoqlarda bal zal hozir zarur ekanini yozgan. U hech bir sudya bu loyihani to‘xtatmasligi kerakligini ta’kidladi. Bu loyiha bo‘yicha bu birinchi to‘siq emas. Mart oyida ham sud qurilish ishlarini vaqtincha to‘xtatgan edi. O‘shanda zarur ruxsatlar olinmagani aniqlangan.

Da’vo Milliy tarixiy merosni saqlash jamg‘armasi tomonidan kiritilgan. Tashkilot Oq uy qurilishni boshlashdan oldin rejalarning Milliy poytaxt rejalashtirish komissiyasiga topshirilmaganini bildirgan. Shuningdek, ekologik baholash o‘tkazilmagan va Kongressdan ruxsat olinmagan.

Loyihadan maqsad

Foto: NPR

Trampning aytishicha, loyiha budjet doirasida va jadvaldan oldin amalga oshirilmoqda. U sudyani kelajakdagi prezidentlar va xalqaro yetakchilar uchun xavfsiz uchrashuv joyini to‘sishga urinishda ayblagan.

Oq uyning sharqiy qanoti 1902-yilda qurilgan edi. U o‘tgan yil oktabr oyida buzib tashlangan. Dastlab 500 kishiga mo‘ljallangan bal zal keyinchalik kengaytirilib, 1350 kishilik majmuaga aylantirildi. Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, loyiha qiymati $400 mlnni tashkil etadi. Xarajatlar to‘liq xususiy homiylar hisobidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri sud Donald Trampning 10 mlrd dollarlik da’vosini rad etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek