“Ravshan Zolotoy” yana xalqaro qidiruvga berildi

eʼlon qilindi
U Jinoyat kodeksining mulkni qasddan yo‘q qilish, jinoiy uyushma tashkil etish va bezorilikka oid moddalari bilan ayblanmoqda
«Ravshan Zolotoy» yana xalqaro qidiruvga berildi
Foto: Ravshan Muhitdinovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan

Interpol «Ravshan Zolotoy» laqabi bilan tanilgan Ravshan Muhitdinovni xalqaro qidiruvga berdi. U bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhitdinov Jinoyat kodeksining mulkni qasddan yo‘q qilish, jinoiy uyushma tashkil etish va bezorilikka oid moddalari bilan ayblanyapti.

Ravshan Muhitdinov 1989-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U yoshligidan «Ravshan Zolotoy» nomi bilan tanilgan. Ilgari ham unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va qidiruvga berilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan. U 2007-yilda jinoiy uyushma tashkil etishda ayblanib, mamlakatni tark etgan.

«Ravshan Zolotoy» yana xalqaro qidiruvga berildi
Foto: interpol.int

Keyinchalik u asosan Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida yashagan. 2009-yil sentabrda Interpol orqali qidiruvga berilgan Muhitdinov Istanbuldagi Otaturk aeroportida hibsga olingan. U bir necha yil Turkiyadagi qamoqxonada saqlangan, keyin ayblovlar isbotlanmagani sabab ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «O‘zmetkombinat»ning sobiq rahbari Dilshod Axmedov xalqaro qidiruvga berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek