“Topganingni yarmi menga”: Toshkentda qizni jinsiy ekspluatatsiya qilishga uringan ayol ushlandi

eʼlon qilindi
Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkentda qizni jinsiy ekspluatatsiya qilishga uringan ayol ushlandi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Toshkent xalqaro aeroportida 44 yoshli ayol 26 yoshli qizni jinsiy xizmat ko‘rsatish uchun xorijga jo‘natayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Unda Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 2000-yilda tug‘ilgan qizni xorijga olib chiqib, uni jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan. U buning uchun jabrlanuvchiga aviachipta olib bergan va keyinchalik ishlab topiladigan daromadning yarmini muntazam ravishda berishni talab qilgan.

Foto: DXX

Holat DXX va Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlandi. Tezkor choralar natijasida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroporti orqali Istanbul shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlangan edi.

Shuningdek