9 va 11-sinflar uchun yakuniy davlat imtihoni sanalari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Shuningdek, 11-sinflar uchun majburiy tanlov fanlari 12 va 15-iyun kunlariga belgilangan
Photo: ta’limxabarlari.uz

2026-yil uchun 9 va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari jadvali tasdiqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilari 1-iyundan boshlab ona tili va adabiyot (yoki davlat tili), 4-iyun kuni matematika, 8-iyun kuni O‘zbekiston tarixi fanlaridan imtihon topshiradi. Jismoniy tarbiya fani esa 1–6-may kunlari amaliy shaklda o‘tkaziladi.

11-sinf bitiruvchilari uchun imtihonlar 2-iyundan boshlanadi. Asosiy fanlar qatorida ona tili va adabiyot (yoki davlat tili) 2-iyun, matematika 5-iyun, O‘zbekiston tarixi esa 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, 11-sinflar uchun majburiy tanlov fanlari 12 va 15-iyun kunlariga belgilangan. Unda o‘quvchilar bir qator fanlardan yozma, ayrimlaridan esa yozma va og‘zaki shaklda imtihon topshiradi.

Mazkur jadvalga ko‘ra, attestatsiya imtihonlari iyun oyining o‘rtalariga qadar davom etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan akademik litsey o‘quvchilari uchun yangi imkoniyatlar joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek