Tadbirkorga erkinlik: “Yagona davlat nazorati” mobil ilovasi ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-iyuldan boshlab
«Yagona davlat nazorati» mobil ilovasi ishga tushiriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Tadbirkorlik faoliyatiga davlat organlari aralashuvining shaffofligini oshirish va nazoratni tartibga solishga qaratilgan «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

«Тadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Mazkur tizim orqali tadbirkorlar faoliyat yuritayotgan hududdagi hokimlik vakillari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida ma’lumot olish hamda ular bilan bevosita muloqot (chat) qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, o‘tkazilgan tekshiruvlar va norasmiy muloqotlar natijasida davlat xodimlari faoliyatiga baho berish tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, tekshiruv huquqiga ega bo‘lmagan yoki rejalashtirilmagan nazoratchi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuv holatlari real vaqt rejimida tizim orqali xabardor qilinadi. Bu orqali noqonuniy aralashuvlarning oldini olish ko‘zda tutilmoqda.

2026-yil 1-avgustdan boshlab esa davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar vakillari hamda tadbirkorlar o‘rtasidagi nazorat tadbiriga kirmaydigan muloqotlar «Yagona davlat nazorati» tizimida qayd etib boriladi. Barcha tekshiruvlar, jumladan jinoyat ishlari doirasidagi tekshiruvlar ham tizimda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va «Biznes himoya» QR-kodi joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyati joriy etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek