Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarida 50 foizlik chegirma beriladi

eʼlon qilindi
Umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash va sertifikat berish xizmatlarida ham
Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarida 50 foizlik chegirma beriladi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun bir qator davlat xizmatlari narxida 50 foiz chegirma beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun bir qator davlat xizmatlari narxi umumiy qiymatning 50 foizi etib belgilandi.

Mazkur imtiyozlar ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasidagi xizmatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash va sertifikat berish, traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish, shuningdek rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish kabi xizmatlarni qamrab oladi.

Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor hamda ularning o‘rinbosarlari har 5 yilda bir marotaba asosiy ishidan ajralgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladigan menejerlik o‘quv kurslarida tahsil olishi belgilandi.

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, boshqa yo‘nalishga o‘tkazish hamda o‘qishini ko‘chirish tartibi ham aniq belgilab berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro tanlovlar g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlariga 30 million so‘mgacha pul mukofoti berilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek