Hajga yuborishni va’da qilib $26 ming talab qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Hajga yuborishni va’da qilib $26 ming so‘m talab qilgan shaxs ushlandi
Foto: Pexels

Namangan shahrida Hajga yuborishni va’da qilib $26 ming talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni «Haj-2026» mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan. U buning evaziga jami $26 ming talab qilgan.

DXX va boshqa tegishli idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi so‘ralgan pulning $6 mingini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Foto: DXX

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri fuqarolar Haj safariga «tezkor jo‘natish» haqidagi firibgarlik e’lonlaridan ogohlantirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek