Sherzod Kudbiyev 50 ming dollarlik soat haqidagi gaplarga izoh berdi

eʼlon qilindi
Foydalanuvchilar uning qo‘lidagi aksessuar narxini o‘n minglab dollarga baholagan
Sherzod Kudbiyev 50 ming dollarlik soat haqidagi gaplarga izoh berdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev $50 minglik soat haqidagi gaplarga izoh berdi. U aksessuar otasi — marhum Davlat Kudbiyevdan meros bo‘lib qolganini tasdiqlagan.

«Birinchi navbatda juda to‘g‘ri, bu soat menga juda qadrli soat, ko‘p narsani eslatadi. Lekin qanday bo‘lishidan qat’i nazar, davlat xizmatchisi avvalambor bo‘lishi kerak kamtar. Shuning uchun, ayniqsa, yig‘ilishlarda, bunday uchrashuvlarda o‘zini mana shu davlat xizmatchisining etikasiga qat’iy rioya qilishi kerak», — degan qo‘mita raisi.

Video: Ilyos Safarov / Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Sherzod Kudbiyevning qimmatbaho soat bilan ko‘ringani keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar uning qo‘lidagi aksessuar narxini o‘n minglab dollarga baholagan. Xususan, jurnalist Ilyos Safarov bu soat Breguet Marine Chronographe 5527 modeli bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Uning taxminicha, ushbu modelning bozordagi narxi $50 ming atrofida.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimini doirasidagi renovatsiya loyihalari aholining 80 foizi rozilik bilan amalga oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek