Zeekr 8X avtomobili yarim soatda 10 ming buyurtma oldi

20-aprel 2026 08:27 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Zeekr 8X avtomobili yarim soatda 10 ming buyurtma oldi
Foto: Autohome

Zeekr kompaniyasining yangi Zeekr 8X modeli taqdimotdan so‘ng 30 daqiqa ichida 10 mingta buyurtma yig‘di. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, buyurtmalarning 95 foizdan ortig‘i yuqori komplektatsiyalarga to‘g‘ri kelgan. O‘rtacha xarid narxi esa 400 ming yuan, ya’ni taxminan $58 mingdan oshgan. Model narxi 356,8 ming yuandan 426,8 ming yuangacha belgilangan. Cheklangan muddat uchun boshlang‘ich narx 329,8 ming yuan, ya’ni qariyb $48 mingni tashkil etadi.

Geely rahbari Gan Jiayue yangi model tez orada global bozorlarga chiqishini aytdi. Rejaga ko‘ra, Zeekr 8X va Zeekr 9X 2026-yil uchinchi choragidayoq xorijda sotuvga chiqadi. Texnik jihatdan model tri-motor gibrid tizim bilan jihozlangan. Uning umumiy quvvati 1030 kVt, ya’ni 1381 ot kuchiga teng. Bu esa avtomobilni yuqori unumdor SUV segmentiga olib chiqadi.

Foto: Zeekr

Kompaniya modelni ishlab chiqishda dvigatel, shassi va aqlli tizimlarni yagona platformaga birlashtirishga e’tibor qaratgan. Shuningdek, avtomobilda haydovchi va multimedia tizimlari integratsiyalangan yangi avlod kokpit mavjud.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Zeekr’ning Xitoydagi savdolari ham o‘sishda davom etmoqda. 2026-yil mart oyida kompaniya 24 375 dona avtomobil yetkazib berdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 72,7 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Zeekr 007 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan yangilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek