Yangi Kia Seltos qachon sotuvga chiqadi

20-aprel 2026 09:56 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yangi Kia Seltos qachon sotuvga chiqadi
Foto: Kia

Kia kompaniyasi Yevropa va Buyuk Britaniya bozori uchun yangi avlod Seltos modelini e’lon qildi. Carscoops nashriga ko‘ra, ushbu krossover ixcham SUV segmentida Volkswagen T-Roc bilan raqobatlashadi.

Yangi Seltos Yevropada asosan gibrid dvigatellar bilan taklif qilinadi. Asosiy versiyada 1,6 litrli turbo dvigatelga ega gibrid tizim bo‘lib, 152 ot kuchi va old g‘ildirakdan tortish (FWD) bilan chiqadi.

Qimmatroq variantda esa eAWD tizimi (orqa o‘q elektr bilan ishlaydi) bo‘ladi va quvvati 176 ot kuchiga yetadi. Shu bilan birga, oddiy (plug-in emas) gibridga urg‘u berilgan.

Foto: Kia

Yevropaning ayrim hududlarida 1,6 litrli 178 ot kuchiga ega oddiy benzinli versiya ham qoladi. Uni mexanik yoki DCT avtomat uzatmalar qutisi bilan olish mumkin.

Avtomobil hajmi kattalashgan. G‘ildirak bazasi 2,69 metrga yetib, salon ichida ko‘proq joy paydo bo‘lgan. Dizayni ham zamonaviylashib, Kia elektromobillariga o‘xshash elementlar qo‘shilgan.

Salon ichida uchta ekran mavjud: ikkita 12,3 dyuymli va bitta 5,3 dyuymli displey. Bundan tashqari, GT sport paketi va X-Line yo‘ltanlamas varianti ham taklif etiladi.

Foto: Kia

Yangi modelda V2L funksiyasi ham bor. Bu orqali avtomobildan tashqi qurilmalarni (masalan, maishiy texnika) quvvatlantirish mumkin.

Kia Seltos Buyuk Britaniyada 2026-yil oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Tracker va Kia Sonet modellari solishtirilgandi. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston avtomobil bozorida eng ko‘p muhokama qilinayotgan modellardan biri — Kia Sonet bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar va videoplatformalarda ushbu model haqida ko‘plab savollar berilmoqda. Ko‘pchilik uni bozorda keng tarqalgan Chevrolet Tracker bilan solishtirib, qaysi biri yaxshiroq ekaniga qiziqmoqda.

Shuningdek