AQShda erkak sakkiz bolani otib o‘ldirdi

AQShning Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida yuz bergan otishma oqibatida sakkiz nafar bola halok bo‘ldi. Hodisa 19-aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea oilaviy mojaro ortidan yuzaga kelgan. Jami 10 kishi jabrlangan, ularning 8 nafari voqea joyida yoki keyinroq vafot etgan. Qurbonlarning yoshi 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari vakili Kristofer Bordelonning aytishicha, hodisa bir nechta manzilda sodir bo‘lgan. Asosiy voqea G‘arbiy 79-ko‘chadagi uyda yuz bergan. Shuningdek, Harrison ko‘chasida va unga yaqin boshqa manzilda ham bog‘liq holatlar qayd etilgan.
Hodisa ortidan gumonlanuvchi avtomobilni olib qochib, voqea joyidan qochgan. Politsiya uni quvib, boshqa hududda yo‘q qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yakka holda harakat qilgan. Hujum sabablari hozircha aniqlanmagan. Politsiya ayrim halok bo‘lgan bolalar gumonlanuvchining qarindoshlari bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQShda tug‘ilish darajasi tarixiy minimumga tushib ketgani haqida yozgan edi.