Poytaxtdagi ayrim hududlarda issiqlik ta’minoti bir kechaga o‘chiriladi

2026-yil 22-aprel kuni Toshkent shahridagi «6-IM» (Mirobod va qisman Sergeli tumanlarida) qozonxonasi boshqaruvidagi issiqlik tarmoqlari yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, sinov jarayonlari 22-aprel 2026-yil tungi soat 00:00 da boshlanib, tonggi soat 06:00 ga qadar davom etadi. Shu davr mobaynida belgilangan hududlarda issiqlik tarmoqlari yuqori bosim ostida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Sinov ishlari Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun va Surxon ko‘chalari, shuningdek Qo‘yliq-1÷7 hamda Qo‘yliq-Aylanma dahalarini qamrab oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv besh kunga o‘chirilishi haqida yozgan edik.