Maosh 1170 yevro: Slovakiya logistika sohasida o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda

eʼlon qilindi
21 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar uchun
Slovakiya logistika sohasida o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda / Foto: Mecalux UK

Slovakiyada logistika va ombor xo‘jaligi yo‘nalishida munosib mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

«Youth Globe Xususiy Bandlik Agentligi» MChJ dunyoga mashhur DHL xalqaro logistika kompaniyasi omborlariga xodimlarni ishga taklif etadi. Mazkur loyiha doirasida nomzodlar bilan 1 yildan 3 yilgacha muddatga rasmiy mehnat shartnomasi imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Hozirgi vaqtda ombor xo‘jaligi uchun Retrak (Kara) hamda NZV (Rochla / Pallet truck) haydovchilari talab etilmoqda. Ushbu vakansiyalarga rus tilini muloqot darajasida biladigan, 21 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar hujjat topshirishlari mumkin. Ish beruvchi bilan saralash bosqichi hisoblangan onlayn suhbat joriy yilning 22-aprel sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Moliyaviy sharoitlarga ko‘ra, ishchilar uchun 1170 yevro (qo‘lga tegadigan) miqdorida asosiy maosh belgilangan. Bundan tashqari, tungi smenalar uchun 100 yevro, turli natijadorliklar uchun 115 yevro miqdorida bonuslar taqdim etiladi. Shuningdek, belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlar uchun alohida qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshiriladi.

Qiziqish bildirgan fuqarolar maxsus platforma orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari yoki agentlikning Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Jizzax shaharlaridagi ofislariga murojaat qilishlari mumkin. Muhim jihati shundaki, mehnat shartnomasi bevosita ish beruvchi bilan tuziladi va agentlik ushbu jarayonda ko‘makchi sifatida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Slovakiyadagi Volkswagen zavodida yangi ish o‘rinlari e’lon qilingan edi.

Shuningdek