Kam ta’minlangan fuqarolar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ldi

eʼlon qilindi
So‘rovlar maxsus «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali yuboriladi
Kam ta’minlangan fuqarolar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ldi
Foto: Pexels

O‘zbekistonda kam ta’minlangan fuqarolar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, kam ta’minlangan fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilganda ham davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ldi. Ya’ni agar sudda qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga mosligi yuzasidan shikoyat kiritilsa, davlat ularga huquqiy ko‘mak beradi.

Shuningdek, yuridik yordam olish bo‘yicha so‘rovlar maxsus «Yuridik yordam» axborot tizimi orqali yuboriladi. Bu jarayon Konstitutsiyaviy sud tomonidan fuqaroning iltimosi asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yosh oilalar uchun ipoteka kreditida yangi yengilliklar joriy etilishi haqida yozgan edi.

Strategiyada yoshlarning ta’lim olishi, ish bilan ta’minlanishi va tadbirkorligini rivojlantirish asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Shuningdek, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek