Armanistonda Nestle mahsulotining 10 tonnasi yo‘q qilindi: ichida toksin topildi

eʼlon qilindi
Kompaniya bir qator davlatlarda mahsulotlarini bozordan qaytarib olgan
Armanistonda Nestle mahsulotining 10 tonnasi yo‘q qilindi
Foto: FBN

Armanistonda Nestle kompaniyasiga tegishli NAN brendi ostidagi taxminan 9,7 ming kg quruq sut aralashmalari yo‘q qilindi. Bu haqda Armaniston oziq-ovqat xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu qaror laboratoriya tekshiruvlari natijasidan so‘ng qabul qilingan. Tekshiruvlarda mahsulotda xavfli toksin – serulid bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Ma’lum qilinishicha, gap chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan quruq va tez eriydigan sut hamda sutli aralashmalar haqida bormoqda. Barcha mahsulotlar oziq-ovqat xavfsizligi idorasi nazorati ostida utilizatsiya qilingan.

Kompaniya bir qator davlatlarda mahsulotlarini bozordan qaytarib olgan. Jumladan, Argentina, Turkiya va Yevropa davlatlarida ham shunday choralar ko‘rilgan. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Fransiyada ushbu mahsulot bilan bog‘liq ikki holatda chaqaloqlar o‘limi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Fransiyada bolalar suti bilan bog‘liq o‘lim holatlari yuzasidan tergov boshlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek