Dollar tushdi: 22-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
21-aprel kuni 31,13 so‘mga tushib, 12 097,33 so‘m bo‘lgan edi
17-aprel kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin
Foto: Giorgio Trovato / Unsplash

22-aprel uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 36,78 so‘mga tushib, 12 060,51 so‘mni tashkil qildi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida  shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

15-apreldan dollar oshishni boshladi: shu kuni 15,28 so‘mga oshib, 12 141,38 so‘m, 16-aprel kuni 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m bo‘ldi. 17-aprel kuni 25,19 so‘mga tushib, 12 165,24 so‘mga tenglashdi. 20-aprel kuni esa 6,78 so‘mga tushib, 12 128,46 so‘mni tashkil qildi. 21-aprel kuni 31,13 so‘mga tushib, 12 097,33 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 50,51 so‘mga tushib, 14 183,21 so‘mni, rubl esa 0,79 so‘mga oshib, 161,32 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar kursi qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek