Moskva metrosi poyezdi harakat vaqti buzilib qoldi — video

eʼlon qilindi
Hodisa aks etgan kadrlar vahimalarga sabab bo‘lmoqda
Moskva metrosi poyezdi harakat vaqti buzilib qoldi / Um.mos.ru

21-aprel kuni Moskva metrosining «Sokolniki» yo‘nalishida poyezd harakat vaqti buzilgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Sokolniki» (Sokolnicheskaya) liniyasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli poyezd bir muddat buzilib qolgan. Hodisa aks etgan kadrlar ko‘rganlarda vahima uyg‘otdi.

Video: TASS

Keyinchalik shahar hokimiyati tomonidan berilgan ma’lumotda ushbu yo‘nalishdagi metro harakati to‘liq tiklangani va poyezdlar belgilangan tartibda harakatlanayotgani bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi poyezdi 7 daqiqaga to‘xtab qolgan edi.

Shuningdek