«Asakabank»ni xususiylashtirish jarayoni jadallashtiriladi

eʼlon qilindi
Prezident qarori bilan
«Asakabank»ni xususiylashtirish jarayoni jadallashtiriladi / Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

«Asakabank» aksiyadorlik jamiyatini xususiylashtirish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, bankdagi barcha operatsiyalar bozor (tijorat) tamoyillari, zamonaviy bank amaliyoti hamda xatarlarni boshqarish tizimi talablariga muvofiq ravishda, bankning ichki siyosati asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bankning asosiy faoliyatiga kirmaydigan qo‘shimcha vazifa va funksiyalarni bajarish to‘xtatilishi belgilandi.

Shuningdek, qarorda bank faoliyatini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, ortiqcha yuklangan faoliyat turlarini bekor qilish orqali bankning asosiy yo‘nalishlarga ixtisoslashuvi kuchaytiriladi.

Bundan tashqari, aktivlar sifatini tahlil qilish natijalaridan kelib chiqib, bank aksiyalarining nominal qiymatini bozor qiymatiga moslashtirish jarayonida yuzaga kelgan tafovut bankning qo‘shilgan kapitaliga kiritilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yil oxirigacha 35 trln so‘mlik davlat aktivlari sotuvga chiqarilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek