Atom energiyasi agentligi atom energetikasi bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi

eʼlon qilindi
Energetika vazirligining ham vakolatlari kengaytirilgan
Atom energiyasi agentligi atom energetikasi bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi atom energetikasi bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonun bilan Energetika vazirligining ham vakolatlari kengaytirildi. Endilikda vazirlik atom elektr stansiyalari ishlab chiqaradigan energiyani inobatga olgan holda umumiy elektr balansi ustida ishlaydi. Ya’ni ishlab chiqarish va iste’mol ko‘rsatkichlari yagona tizimda muvofiqlashtiriladi.

Shuningdek, vazirlik atom energetikasiga oid davlat dasturlarini ishlab chiqishda ham ishtirok etadi. Bu esa sohaga oid strategik rejalashtirishni kuchaytirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri kichik AES reaktorlari narxi 1 milliard dollarga baholangani haqida yozgan edi.

Soha vakillari ta’kidlashicha, atom energetikasi nafaqat barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarish manbai, balki iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ham muhim turtki sifatida ko‘rilmoqda.

Jizzax AES qurilishi direksiyasi rahbari o‘rinbosari Otabek Amanov bunday loyihalar odatda bir qator sohalar uchun o‘sish nuqtasiga aylanishini ta’kidladi. Bu qurilish sanoati, elektrotexnika ishlab chiqarish va mashinasozlik rivojiga tegishli. Bundan tashqari, loyiha energetika sohasida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va yangi yo‘nalishlar shakllantirishni ham nazarda tutadi.

Shuningdek