Rossiyada qarovsiz qolgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasida qarovsiz qolgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.
Operatsiya 21-aprel kuni idoralararo hamkorlik hamda Rossiya Ichki ishlar vazirligi bilan olib borilgan ishlar natijasida amalga oshirilgan. Bolalar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali mamlakatga olib kelindi. Ular Toshkent shahrida oila a’zolariga topshirildi.
Hozirda bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda. Bu jarayon hududlardagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan nazorat qilinayotir. Mutaxassislar bolalarning ijtimoiy moslashuvi va psixologik holatini tiklashga alohida e’tibor qaratmoqda. Ular bilan doimiy ishlash yo‘lga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida ham shunday hamkorlik doirasida 5 nafar bola Vatanga qaytarilgan edi.
Kursiv Uzbekistan Afg‘onistonda halok bo‘lganlar oilasiga kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya berilishi haqida yozgan edi.