«Ekofaol fuqaro» maqomini berish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Mazkur maqom har chorakda o‘tkaziladigan tanlov asosida beriladi
chiqindi poligonlari
Foto: Allaserebrina / www.depositphotos.com

Hukumat qarori bilan «Bir million yashil oila» harakati doirasida «Ekofaol fuqaro» maqomini berish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur maqom har chorakda o‘tkaziladigan tanlov asosida beriladi. Har bir hududdan eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar ishtirokchi tanlab olinadi.

Ishtirokchilar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining maxsus platformasida ro‘yxatdan o‘tadi va kerakli ma’lumotlarni kiritadi. Yakuniy natijalar aniqlangach, 1 ish kuni ichida e’lon qilinadi.

Maqomni olish uchun ishtirokchi 3 oy davomida har oy kamida 80 ball to‘plashi kerak. Umumiy hisobda 240 ball yoki undan yuqori natija talab etiladi.

Agar maqom olgan fuqaro keyingi 3 oy davomida 80 balldan kam natija ko‘rsatsa, uning maqomi bekor qilinadi.

«Ekofaol fuqaro» maqomini olgan shaxslar ro‘yxati qo‘mita rasmiy saytida muntazam e’lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi doirasida Ostona shahridagi «EXPO» markazida o‘tkazilgan Mintaqaviy ekologik sammit ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgandi.

Sammitda ekologik siyosatning asosiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Ular iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekotizimlar barqarorligi va tabiiy xavflarga moslashishni qamrab oladi.

Shuningdek