Uch kunlik chaqaloqni 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

eʼlon qilindi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismi “B” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan
Uch kunlik chaqaloqni 4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Foto: Pexels

Buxoro viloyatida tug‘ilganiga uch kun bo‘lgan chaqaloqni $4 mingga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, ona 2008-yilda tug‘ilgan.

Buxoro viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan 6-aprel kuni o‘tkazilgan tadbir davomida chaqaloq savdosining oldi olingan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi kelishilgan summaning bir qismini olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U shartli mijozdan $800 olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlandi.

Video: viloyat IIB

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi uchinchi qismi «B» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Buxoroda 717 mln so‘mlik baliq ovlaganlar qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek