Avatr 06T avtomobili taqdim etildi — foto, narx

23-aprel 2026 14:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Avatr

Avatr kompaniyasi o‘zining ilk universal kuzovli modelini taqdim etdi. CarNewsChina nashri xabariga ko‘ra, Avatr 06T 22-aprel kuni rasman sotuvga chiqarilgan.

Yangi model sport va sayohat uchun mo‘ljallangan elektromobil sifatida pozitsiya qilingan. U elektr va gibrid variantlarda taklif etiladi. Narxlar 219,9 ming yuandan boshlanadi. Bu taxminan $31,9 mingga teng. Eng yuqori versiya esa 279,9 ming yuan yoki qariyb $40,6 ming turadi.

Foto: Avatr

Avtomobil dizayni futuristik uslubda yaratilgan. Kuzov uzunligi 4,94 metrni tashkil etadi. Ichki qismda 35,4 dyuymli panoramik ekran, 15,6 dyuymli markaziy displey va qo‘shimcha ekranlar mavjud. Model HarmonyOS asosidagi aqlli tizim bilan ishlaydi. U sun’iy intellekt yordamida avtomobilni boshqarish va ovozli buyruqlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Haydovchi yordam tizimlari ham yuqori darajada. Yuqori komplektatsiyalarda LiDAR va 4D radar o‘rnatilgan. Bu tizimlar kichik to‘siqlarni uzoq masofadan aniqlay oladi. Avatr 06T kuchli texnik ko‘rsatkichlarga ega. Eng kuchli versiyada uchta elektr motor ishlaydi. Ularning umumiy quvvati 955 ot kuchiga yetadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soatgacha 2,78 soniyada tezlashadi.

Foto: Avatr

Bundan tashqari, gibrid variant ham mavjud. U 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Umumiy yurish zaxirasi 1 250 km gacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Avatr 12 elektromobili rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek