1-may kuni Toshkentda favvoralar mavsumi boshlanadi

eʼlon qilindi
Shahar bo‘ylab bayramona muhit yaratiladi
1-may kuni Toshkentda favvoralar mavsumi boshlanadi
Foto: uzbekistan.travel

1-may kuni Toshkentda favvoralar mavsumi rasman ochiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kechqurun bir vaqtning o‘zida bir nechta joyda suv, yorug‘lik va musiqa uyg‘unlashgan tomoshalar bo‘lib o‘tadi. Jonli ijrolar ham tashkil etiladi.

Asosiy tadbirlar Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik drama teatri oldida, Hamid Olimjon maydonida va Mirobod bozori yonidagi favvora hududida o‘tkaziladi.

Video: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Soat 18:00 dan 21:00 gacha konsertlar va teatr chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Shahar bo‘ylab bayramona muhit yaratiladi.

Shuningdek, bayram tadbirlari poytaxtning boshqa tumanlarida ham tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Toshkentda yirik musiqali favvora majmuasi barpo etilishi xabar qilingandi. Loyihaga ko‘ra, Yangi Toshkentda qariyb 8 gektar maydonda musiqali favvora majmuasi barpo etiladi. Uning tarkibida umumiy suv yuzasi 6,3 gektarni tashkil etadigan havza bo‘lib, 1,5 gektar hududda suv, musiqa va yorug‘lik uyg‘unligidagi shoularni o‘tkazish imkonini beruvchi favvora quriladi.

Shuningdek