Toshkentda 25 mln dollarlik “Pavilion” savdo majmuasi ochildi

eʼlon qilindi
Bu yerda 1 ming o‘rinli avtoturargoh ham mavjud
Toshkentda 25 mln dollarlik «Pavilion» savdo majmuasi ochildi
Foto: prezident matbuot xizmati

Toshkentda $25 mlnlik «Pavilion» savdo majmuasi ochildi. Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi qurilgan ushbu majmuani borib ko‘rdi.

Majmua qurilish materiallari savdosini tartibli va qulay tizimga o‘tkazish uchun 4,6 gektar hududda barpo etilgan. Loyiha uchun $25 mln investitsiya yo‘naltirilgan.

Umumiy qurilish maydoni 42 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bu yerda 1 ming o‘rinli avtoturargoh ham mavjud.

Uch qavatli binoda keng yo‘laklar va qulay savdo joylari yaratilgan. Bu yerda 500 ta do‘konda qurilish va ta’mirlash mahsulotlari sotiladi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Barcha mahsulotlar va narxlar yagona elektron platformada ko‘rinadi. Bu xaridorlar va tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratadi.

Majmua yiliga 3 mln nafargacha mijozga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Loyiha doirasida 2 mingta ish o‘rni yaratilgan.

Hududda xavfsizlikka ham e’tibor qaratilgan. Kompleks 500 ta kuzatuv kamerasi bilan jihozlangan.

Prezident bu majmua savdo madaniyatini yangi bosqichga olib chiqishi kerakligini ta’kidladi. U milliy mahsulotlarga ko‘proq joy berish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilda yana 18 ta yangi turizm ko‘chasi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 500 ta yangi obyekt ishga tushadi va 7 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek