O‘zbekiston Turkiya bilan harbiy hamkorlikni kuchaytiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirining Turkiya bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Turkiya Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etgan. Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot davomida ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar muntazam o‘tkazilayotgani va harbiy mutaxassislar tayyorlanayotgani qayd etildi.
Tomonlar harbiy sohadagi sheriklikni yanada chuqurlashtirishga qat’iy intilish mavjudligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentda 25 mln dollarlik «Pavilion» savdo majmuasi ochilgani haqida yozgan edi.