Yandex Ads generativ modellar asosidagi tavsiya texnologiyasi — ARGUS’ni joriy qildi
Yandex Ads kompaniyaning eng zamonaviy generativ modellar asosidagi tavsiya texnologiyasi — ARGUS’ni joriy qildi. Neyrotarmoqlar endi avvalgidan 30 baravar ko‘proq anonimlashtirilgan hodisalarni hisobga oladi, shu sababli reklama foydalanuvchining so‘nggi o‘nlab kunlari emas, balki butun yil davomidagi qiziqishlari va harakatlari asosida ko‘rsatiladi. Bu Yandex Ads neyrotarmoq arxitekturasining yirik yangilanishidir. Endilikda biznes mijoz ehtiyojlariga aniqroq mos keladi, foydalanuvchilar esa turli mamlakatlardan 600 mingdan ortiq reklama beruvchilarning foydali takliflarini oladi.
«Yandex Ads soniyasiga 1,2 milliondan ortiq so‘rovni qayta ishlaydi, reklama tizimi ichida esa har kuni neyrotexnologiyalar ishtirokida taxminan 10 milliard hodisa yuz beradi. Bir necha millisekund ichida ular o‘n millionlab e’lonlardan keraklisini tanlab, uni to‘g‘ri foydalanuvchiga, to‘g‘ri formatda, to‘g‘ri platformada va ayni vaqtda ko‘rsatadi. Takomillashtirilgan texnologiyalar reklama beruvchilar uchun yaxshiroq natija, foydalanuvchilar uchun esa yanada foydali takliflar beradi. 2025-yilda Yandex Neuro Ads texnologiyalari tufayli reklama tizimi samaradorligi 38% ga oshdi, ya’ni biznes xarajatlarni oshirmagan holda, ko‘proq konversiyalarga erishdi», – deydi Markaziy Osiyoda Yandex Ads reklama mahsulotlarini rivojlantirish bo‘limi rahbari Adilbek Kadirbayev.
ARGUS o‘nlab neyrotarmoqlarni birlashtiruvchi arxitektura asosida ishlaydi. Har biri o‘z vazifasini bajaradi: klik yoki konversiya ehtimolini prognoz qiladi, kontekstni — foydalanuvchi qayerda, qachon va qanday reklama bilan o‘zaro aloqa qilayotganini hisobga oladi. Barcha neyrotarmoqlar yagona tizim sifatida ishlaydi va Yandex Uzbekistan ekotizimi servislarida hamda Yandex reklama tarmog‘ining 30 mingdan ortiq resurslarida (qozoq va rus tillarida) foydalanuvchilarga mos reklamalarni ko‘rsatadi.
Avval reklama algoritmlari foydalanuvchilarning so‘nggi o‘nlab kunlardagi xatti-harakatlarini hisobga olgan bo‘lsa, endi bu davr bir yilgacha kengaydi. ARGUS bilan xotira hajmi 30 baravar oshdi. Endi kontekst va ehtiyojlarni tahlil qilish uchun 256 ta emas, balki 8000 ta hodisa qayta ishlanadi. Bu anonim ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilish, foydalanuvchi ehtiyojlaridagi o‘zgarishlarga tezroq moslashish va maxfiylik yondashuvini o‘zgartirmagan holda dolzarb reklama ko‘rsatish imkonini beradi.
Mazkur texnologiya Yandex Music va Lavka xizmatlarida ishlamoqda. Uni dunyodagi eng yirik va yuqori yuklama ostida ishlovchi reklama tizimlaridan biri – Yandex Ads’ga joriy etish ARGUS rivojlanishini yanada tezlashtiradi.