Leapmotor B05 Ultra avtomobili taqdim etildi

eʼlon qilindi
Yangi modelning boshlang‘ich narxi 123,8 ming yuan, ya’ni taxminan $18,1 mingni tashkil etadi
Leapmotor B05 Ultra avtomobili taqdim etildi
Foto: Leapmotor

Leapmotor Xitoyda yangi Leapmotor B05 Ultra elektromobilini rasman taqdim etdi. Sport uslubidagi xetchbek modeli Pekin avtosalonida namoyish qilindi va sotuvga chiqarildi.

Yangi modelning boshlang‘ich narxi 123,8 ming yuan, ya’ni taxminan $18,1 mingni tashkil etadi. Chegirmalar bilan narx 118,8 ming yuangacha tushishi mumkin. Yuqori komplektatsiya esa 129,8 ming yuan yoki $19 ming atrofida baholanmoqda. Avtomobil ikki xil batareya varianti bilan taklif etiladi. Asosiy versiyada 56,2 kVt/soat batareya o‘rnatilgan bo‘lib, bir zaryad bilan 500 kmgacha yuradi. Kuchliroq versiyada esa 67,1 kVt/soat batareya mavjud va yurish zaxirasi 600 kmga yetadi.

Foto: Leapmotor

Texnik jihatdan model orqa o‘qda joylashgan 241 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 5,9 soniyada chiqadi. Maksimal tezlik 170 km/soat bilan cheklangan.

B05 Ultra tashqi ko‘rinishda sport elementlari bilan ajralib turadi. Old bamperdagi katta havo kirish joylari qo‘llangan.

Foto: Leapmotor

Salon qora rangda ishlangan bo‘lib, sport o‘rindiqlari massaj va ventilyatsiya funksiyasiga ega. Shuningdek, rul isitilishi va haydovchiga yordam beruvchi LiDAR asosidagi tizim ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Leapmotor D19 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek